Amazon ança vaqtdan beri mahsulotlarni dronlarda yetkazib beriş loyihasi ustida iş olib bormoqda. Uning amalga oşirilişini dronlardan tijoriy maqsadda foydalanişni ta'minlaşga imkon beruvçi AQŞ qonunçiligida zarur özgarişlar yöqligi orqaga surmoqda. AQŞ Federal fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi qonunçilikka tegişli özgartirişlarni faqatgina keyingi yilda kiritişni rejalaştirmoqda.
Köpçilikni dronlarning xususiy şaxslar tomonidan nazoratsiz işlatilişi xavotirlantirmoqda. Dronlar bir neça bor samolyotlarning falokatiga sabab bölişiga bir bahya qoldi. Kaliforniya ştatida bölib ötayotgan NASA UTM Convention anjumanida Amazon kompaniyasi dronlardan jadal sur'atlarda foydalanişga qaramasdan ularning parvozi xavfsizligini tegişliça ta'minlaşga imkon beradigan takliflarni bildirdi.
Kompaniya dronlar uçun 61-122 metr (200-400 fut) balandlikdagi havo hududining bir qismini ajratişni taklif qilmoqda. Havo koridorining ustidagi 30 metr (100 fut) balandlikdagi hudud samolyot bilan dronlarning töqnaşib ketişlari holatlarini istisno qiliş maqsadida parvozlardan xoli bufer zona sifatida e'lon qilinişi taklif qilinmoqda.
Öz navbatida, koridor tez uçuvçi va sekin uçuvçi dronlarning alohida harakatlanişi uçun ikki qismga bölinadi.
Bu özgarişlar dronlarga ega xususiy şaxslarning noroziligini keltirib çiqarişi aniq, çunki ularning dronlariga havo koridorining pastki qismida harakatlanişga ruxsat beriladi, vaholanki hozirda ularga dronlarni 400 futgaça balandlikkaça uçirişga ruxsat berilgan.






