Joriy yil 1 avgustda ham an'anaviy ravişda Özbekiston mobil aloqa operatorlari SMS, MMS va GPRS xizmatlarini vaqtinçalik öçirib qöyadi. Hozirça Beeline kompaniyasi rasmiy sayti bu haqda rasmiy xabar tarqatdi.

Kompaniya bergan ma'lumotga köra, ertaga mahalliy vaqt bidan 08:30 dan 13:30 oraliğida mazkur qöşimça xizmat turlari öçiriladi.

«Profilaktika işlari munosabati bilan 2015 yilning 1 avgust kun soat 08:30dan 13:30ga qadar SMS, MMS va GPRS xizmatlari işlamaydi», deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib ötamiz, 1 avgust kuni Özbekistondagi barça oliy öquv yurtlariga kiriş uçun test imtihonlari bölib ötadi.