30 iyul kuni International Champions Cup-2015 turniri doirasida Madridning "Real" jamoasi Şanxay şahrida "Milan"ga qarşi örtoqlik maqomidagi uçraşuvni ötkazdi.
Öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmay qoldi.
Öyindan keyin belgilangan penaltilar seriyasida esa madridliklar omadliroq çiqişdi. "Real" futbolçilari 10 marta aniq zarba yöllab, ğalaba qozonişdi.
"Real" jamoasida jarima zarbalari ustasi Kroos 11 metr masofadan gol ura olmagan bölsa, "Milan" tarkibida hujumçi Bakka va darvozabon Donarumma xato qildi.
Real - Milan 0:0 (penaltilar böyiça 10:9)
«Real»: Navas (Kasilya, 46), Varan (Ramos, 46), Pepe (Naço, 71), Danilo (Karvaxal, 71), Arbeloa (Marselo, 71), Kazemiro, Vaskes (Isko, 46), Modriç (Kroos, 46), Beyl (Çerişev, 71), Ronaldu (Rodriges, 71), Benzema (Xese, 46).
«Milan»: Lopes (Donnarumma, 74), De Şilo (Kalabriya, 74), Aleks (Mekses, 46, Matri, 90), Eli (Sapata, 46), Antonelli (Paletta, 74), Poli (Montolivo, 46), de Yong, Bertolaççi (Mauri, 46), Suso (Xonda, 46), Nyang (Bakka, 46), Çerçi (Adriano, 46).






