Italiyaning Genuya şahrida yaşovçi 62 yoşli Petro (familiyasi keltirilmagan) ismli şaxs hayotida birinçi marta şaxsini tasdiqlovçi guvohnoma oldi, deb xabar bermoqda TheLocal.it portali. Naşrning ta'kidlaşiça, erkak şu keksa yoşigaça davlat uçun umuman “majvud bölmagan”. Uning mavjudligining yagona rasmiy hujjati 1953 yildan beri şifoxonada saqlangan tuğilgani haqidagi guvohnoma bölgan.

Erkak dunyoga kelganda unga Petro ismi berilgan. Erkakning onasi uni boqa olişiga közi yetmay, uni Redjo-Emiliya şahridagi rohibalar tomonidan boşqariladigan maktabga topşirib yuborgan. Petro öz otasini heç qaçon körmagan.

Maktabdan Petroning röyxatdan ötganligini biror marta tekşirib köriş söralmagan va italiyalik göyoki “körinmas odam” sifatida ulğaygan. Keyinçalik u Genuyaga köçib ötgan va 1970 yildan boşlab şartnomasiz işlab kelgan va uy-joy uçun tölovni faqat naqd pulda amalga oşirgan. Petro heç qaçon qonun bilan ixtilofga bormagan, biror marta şifoxonaga tuşmagan va heç qaçon bank hisob raqami oçmagan.

Petroga hujjatlar 2,5 oy avval tibbiy körikdan ötişi kerak bölganda kerak bölib qoldi. Italiyalik şaxsni tasdiqlovçi guvohnomani olişga qaror qildi, biroq FHDYo bölimiga öz haqida ismi va tuğilgan kunidan boşqa ma'lumot taqdim qila olmadi.
“Avval biz bu yolğon deb öyladik” deb aytmoqda FHDYo bölimi xodimi Vilma Viarengo.

Erkakning tuğilganligi haqidagi guvohnomani topiş uçun ança vaqt talab etildi, biroq natijada hujjatni topişga muvaffaq bölindi. Şundan keyin FHDYo bölimi politsiyani Petroning qöşnilari bilan gaplaşib, bu ğalati voqeaning haqiqat ekanligini tasdiqlaşlarini söradi. Natijada Petro uzoq kutilgan hujjatni olişga muvaffaq böldi. FHDYo xodimining aytişiça, Petro öz şaxsini tasdiqlovçi hujjatni olgandan keyin özida yöq xursand bölgan.