"Özbekkino" milliy agentligi ayni vaqtda yoş rejissyorlarning "PROlogue" janrida işlangan ijod namunalari taqdim etiladigan respublika festivaliga tayyorgarlik körmoqda.

Festivalda qisqametrajli filmlar taqdim etiladi.

Uşbu festival şu yilning 16-21 noyabr kunlarida Toşkent şahrida "Yoşlar haftasi" doirasida taşkil etiladi.

Şu bilan birga, sohaning rivojlanişini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida joriy yilning 11 may kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Özbekistonda milliy kinematografiya sohasini isloh qiliş va yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. 3ta bölim va 14 banddan iborat çora-tadbirlar rejasi milliy kinematografiya sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillaştiriş, sohada faoliyat körsatayotgan ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning kasb mahoratini oşiriş hamda tarğibot-taşviqot işlarini yanada kuçaytiriş, milliy kino san'atini rivojlantirişning boşqa yönalişlarini qamrab oladi.

Rejaga köra, “Kinematografiya töğrisida”gi Qonun va 2016-2020 yillarda tizimni modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik qayta jihozlaş böyiça Davlat dasturi loyihalari, kino-video xizmati körsatiş korxonalari uçun yagona çipta xöjaligi tizimini yaratiş va “Özbekfilm” AJni zamonaviy kino işlab çiqariş kompleksi – kinokonsernga aylantirişga doir bir qator me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlaş belgilangan.

“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi işlab çiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. n audiovizual asarlarni körib çiqib, xulosa beruvçi Ekspertlar guruhi faoliyatini yölga qöyişga huquqiy asos yaratiladi. Şu bilan birga, audiovizual asarlarni Davlat röyxatidan ötganlik guvohnomasi joriy qilinişi közda tutilmoqda.