Özbekiston Içki işlar vazirligi avtomaktablarda haydovçilikka tahsil olayotganlar agar ularni öqitiş sifati qoniqtirmasa, sudga murojaat qiliş huquqiga ega ekanliklarini eslatib ötdi.
“Avtomaktab bilan öquvçi örtasidagi şartnomaga asosan öqitiş dasturi va majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan öquvçilar qonunçilikda belgilangan tartibda yuqori turuvçi taşkilotlar va sudga şikoyat beriş huquqiga egalar”, deb aytilmoqda vazirlikning UZ24 portali tahririyatiga yöllagan maktubida.
Avvalroq UZ24 tahririyati IIVga fuqarolar avtomaktablarda past darajadagi öqitiş holatiga duç kelsalar nima qilişlarini tuşuntiriş iltimosi bilan yozma ravişda murojaat qilgan edi.
Joriy yilda butun Özbekiston böylab Avtotest kompaniyasi tomonidan xususiy avtomaktablar oçiş rejalaştirilmoqda. Kompaniya vakillarining ma'lum qilişlariça, haydovçilikka öqitiş uçun oçilişi rejalaştirilgan maktablar hozirdagi avtomaktablardan, xususan öqituvçilarning kasbiy mahorati darajasi böyiça tubdan farq qiladi.






