2015 yilda 31 iyulda Qirğiziston Taşqi işlar vazirligining rasmiy saytida Özbekiston Vazirlar Mahkamasi va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasidagi 2004 yil 24 iyuldagi davlat çegarasidan ötkaziş punktlari haqidagi kelişuvga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça Toşkentda ötkazilişi kerak bölgan kelişuvlar “uçraşuv formati haqidagi şartlar böyiça Özbekiston tomonidan bildirilgan özgartirişlar Qirğiziston delegatsiyasi tarkibi tasdiqlangandan keyin jönatilgani sababli bölib ötmagani” haqidagi ma'lumot çop etilgandi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Qirğiziston delegatsiyasi bilan ötkazilmay qolgan uçraşuv böyiça izoh berib ötdi.
Şu munosabat bilan Özbekiston tomoni şuni ta'kidlab ötmoqçiki, ikki davlat Taşqi işlar va taşqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, çegara, bojxona, transport xizmatlari vakillari iştirokida ekspertlar guruhi formatida ötkazilişi möljallangan uçraşuv ötkazilişi közda tutilgan muzokaralarning formati böyiça takliflar Qirğiziston Taşqi işlar vazirligiga joriy yilning 5 iyunida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi notasi bilan jönatilgan.
Qirğiziston tomoni esa faqatgina 24 iyulda öz delegatsiyasi tarkibini taqdim qilgan va bu delegatsiya heç qanaqasiga ekspert darajasiga mos kelmagan. Özbekiston TIV 26 iyulda Özbekiston tomonining avval belgilangan prinsipial pozitsiyasini e'tiborga olişni sörab yana Qirğiziston TIVga murojaat qilgan.
28 iyul kuni Qirğiziston tomoni Özbekistonning pozitsiyasi hisobga olinmagan holdagi javobni bergan. Öşa kuniyoq Özbekiston TIV Qirğiziston tomonidan bildirilgan tarkibda uçraşuvni ötkazişning imkoniyati yöqligini rasmiy nota bilan ma'lum qilgan.
Şu bilan Qirğiziston TIV avvaldan uçraşuv ötkazilmasligi haqida xabardor etilgan.
Yuqorida aytilganlarga qaramasdan, Özbekiston tomoni Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi döstona va qöni-qöşniçilik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni ikki davlat xalqlari manfaati yölida mustahkamlaşga tayyorligini tasdiqlamoqda va Qirğiziston tomonidan ikki tomonlama hamkorlikning barça masalalarini muhokama qilişga konstruktiv yondaşişni kutib qolmoqda.






