Interpol Tojikiston hukumatidan "IŞID" safida jang qilayotgan tojikistonliklarning 16 kişilik röyxatini oldi. TASS naşri xabariga köra, Tojikiston maxsus xizmatlarining sobiq boşliği, davlatga xiyonatda ayblangan Gulmurod Xalimov ham bölgan bu röyxatdagi kişilar Interpol tomonidan qidirilmoqda.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi bergan ma'lumotda yaqin kunlarda "IŞID" safiga ötib ketgan 600 nafardan ortiq tojikistonliklardan iborat röyxat ham tayyorlanib, Interpolga topşiriladi.

"Iroq va Suriyadagi jangarilar safiga borib qöşilgan tojikistonliklarga nisbatan davlat boş ptokuraturasi "Xorijga yollanganlik" aybi böyiça jinoiy iş oçadi", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, jangarilar safiga yollanganlarning aksar qismi Rossiyaga işlaş uçun ketgan mehnat muhojirlari hisoblanişadi.

Şu vaqtgaça Tojikistonga 35 nafar sobiq jangari qaytib kelib, özini hukumatga topşirgan.