Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Xitoy delegatsiyasini 2022 yilgi Olimpiya öyinlari mezbonligini qölga kiritilgani bilan muborakbod etdi. Bu haqda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Sizlar uşbu jarayonda ulkan işni amalga oşirdinglar. Umid qilamanki, Xitoy xalqining qöllab-quvvatlaşi orqali, bölajak Olimpiya öyinlarini fantastik darajada ötkaziş yölida ham samarali mehnat qilişda davom etasizlar – deydi öz tabrik maktubida Si Tszinpin.

2022 yilgi qişki Olimpiya öyinlari Pekin şahrida ötkazilişi e'lon qilingaç, butun Xitoy ahli huşxabarni nişonlay boşladi. Ovoz beriş jarayonini töğridan-töğri olib borgan SSTV boşlovçisi, Xitoy delegatsiyasining barça a'zolari kabi quvonç köz yoşlarini tiya olmadi.

Pekin şahridan 70 çaqirim uzoqlikda joylaşgan Buyuk Xitoy devorining “Badalin” hududida ajdarholar raqsi boşlanib ketdi. Uşbu tarixiy voqeilik Pekin şahrida Olimpiya parkida, şuningdek, Pekin şahridan 200 km uzoqlikda joylaşgan Çjantszyakou şahrida ham keng tantana qilinmoqda.

2022 yilgi qişki Olimpiada öyinlari fevral oyida ötkaziladi. Ma'lumki, xuddi şu paytda Xitoyda yangi yil keng nişonlanadi. Şu bois, Xitoyliklar mazkur Olimpiada öyinlarini haqiqiy bayramona ruxda ötkazişga va'da berişmoqda.

Jumladan, Pekin şahri meri Van Anşun ham 2022 yilgi qişki Olimpiada öyinlari Xitoy poytaxtida ötkazilişi e'lon qilinganida quvonçdan közlariga yoş olgan va barçani milliy an'anaga köra yangi yilda oilaviy iste'mol qilinadigan xitoy çuçvarasini tatib köriş uçun Pekin şahriga taklif qilgan. Şahar meri, şuningdek, Pekin şahri bildirilgan işonçni oqlaş uçun bor imkoniyatni işga solajakligini bildirdi.