Parijning “PSJ” jamoasi Fransiya Superkubogi uçun uçraşuvda “Lion”ni mağlub etib, uçinçi marta ketma-ket Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi. Uçraşuv Kanadaning Monreal şahridagi “Saputo” stadionida bölib ötdi va parijliklarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvning 11-daqiqasida Serj Ore parijliklarni hisobda oldinga olib çiqdi. 6 daqiqa ötib, urugvaylik superyulduz Edinson Kavani “PSJ”ning ustunligini 2 barobarga köpaytirdi.
2-taym örtasida “Lion” kamçilikda qoldi – Maksim Gonalon töğridan-töğri qizil kartoçka bilan “siylandi”.
“PSJ” klub tarixida 5-marta Fransiya Superkubogini qölga kiritdi.
Fransiya Superkubogi
PSJ (Parij) – Lion (Lion) – 2:0
Gollar: 1:0 – 11 Ore, 2:0 – 17 Kavani.
PSJ – Trapp, David Luiz, Ore, Tiago Silva, Maksvell, Verratti (Stambuli, 70), Matyuidi, Rabo, Lukas (Baebek, 82), Kavani (Ogyusten, 63), Ibrohimoviç.
Lion – Lopeş, Umtiti, Kone, Bedimo, Jayye, Ferri (Malbrank, 78), Gonalon, Tolisso, Bovyu, Benziya (Gezzal, 67), Lakasett.
Ogohlantirişlar: Verratti (60), David Luiz (81).
Çetlatiş: Gonalon (64).






