Yevropadan Buyuk Britaniyaga olib ötadigan tunnelning kiriş qismida afrikalik muhojirlar ötkazayotgan namoyişlar tufayli 4,5 mingta yuk maşinasi harakatdan töxtab qolgan. La-Manş böğozi ostidan ötgan tunnelning ikkinçi qismida ham 4,5 mingta yuk maşinasi ikkinçi tomonga öta olmay turibdi. Bu haqda The New York Times naşrida xabar qilindi.

Qayd etilişiça, Buyuk Britaniya vaziyatni hal qiliş yöllarini izlamoqda.

Mamlakat boş vaziri Devid Kemeron özining Osiyoga amalga oşirilişi kerak bölgan safarini keyinga qoldirib, şu muammoni hal qiliş navbatdan taşqari yiğiliş ötkazişini ma'lum qilgan.

Xabar qilinişiça, Buyuk Britaniya hududiga ötkazilmayotgan afrikalik muhojirlar tunnel oldida ötkazayotgan namoyişlar davomida bir qança yonğinlar sodir etilgan.