Malayziya rasmiylari Hind okeanidagi Reyunon orolida topilgan qoldiqlarning ğoyib bölgan Boeinğga tegişli ekanligini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumki, bir neça oy muqaddam Malayziya aviakompaniyasiga tegişli samolyot okean ustidan uçib ötayotib ğoyib bölgan edi. Qoldiqlar uşbu samolyotga tegişli ekanligi taxmin qilinmoqda.
“Biz topilgan flaperonning ğoyib bölgan samolyotimizga tegişli ekanligi tasdiqlanganligini bilamiz”, – dedi mamlakat transport vaziri Liou Tiong Lay.
Uning sözlariga köra, bu fransiyalik ekspertlar tomonidan ekspertiza çoğida aniqlangan.






