Özbekiston tabiatni muhofaza qiliş qömitasining rasmiy saytida (Uznature.uz) sotsiologik sörov ötkazilmoqda.
Qömita matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, sörovnoma ötkazişdan közlangan maqsad sayt auditoriyasini aniqlaş va taşkiliy masalalar böyiça, xususan, işonç telefonlari samaradorligi borasida ularning fikrini örganişdir.
Ta'kidlanişiça, savollar imkon qadar sodda tuzilgan. Jumladan, ular respondentning korxonasi qanday iqtisodiy faoliyat bilan şuğullanişi, ular qömita xodimlarining korrupsiyaga qöl uriş holatlarini kuzatgan-kuzatmaganligi, işonç telefonlari samaradorligining bahosi singari masalalarga qaratilgan.
Şuningdek, korrupsiya haqidagi savolga qöşimça ravişda, respondent bu holat qanday vaziyatda kuzatilganini körsatişi mumkin: Özbekistonga tarkibida ozonni buzuvçi moddalar bor mahsulot olib kirişga ruxsatnoma oliş, ösimlik dunyosi obektlaridan foydalanişga maxsus ruxsatnoma oliş, Qizil Kitobga kiritilgan yovvoyi ösimliklarni olib çiqib ketişga ruxsatnoma oliş va hokazo.
Şuningdek, qömita sayt foydalanuvçilari körsatilayotgan interfaol xizmatlarni yanada takomillaştiriş borasida taklif va tavsiyalar bildirişidan umid qilmoqda.