"Çelsi" boş murabbiyi Joze Mourino Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"dan uçralgan 0:1 hisobidagi mağlubiyatdan söng öziga berilgan kumuş medalni raqib muxlislari ötirgan tribunadagi muxlislarga berib yubordi.
"Men bu medalni baribir taqmas edim. Şu sababli uni "Arsenal" muxlislari ötirgan tomonga uloqtirib yubordim", - deb bu harakatiga izoh berdi Mourino.
Qayd etiş joizki, «Arsenal» klubi boş murabbiyi Arsen Venger ham Angliya Superkubogi taqdirlaş marosimidan söng, «Çelsi» boş murabbiyi Joze Mourinyuga qöl uzatmadi.
Öyin «Uembli» stadionida bölib ötdi. Bu «Arsenal»ning yangi a'zosi — darvozabon Petr Çexning «Arsenal» tarkibida sobiq jamoasiga qarşi birinçi rasmiy öyini böldi. Öyinda hal qiluvçi golni Aleks Oksleyd-Çemberlen urişga muvaffaq böldi.
Uçraşuvni bevosita stadiondan 85 ming 437 nafar tomoşabin kuzatib bordi.






