Nigeriya harbiylari "Boko Haram" jangarilari qölida tutib turilgan 170 nafardan ortiq kişini ozodlikka çiqardi. Bu haqda Channel News Asia xabar bergan.
Ozod qilinganlardan 100 nafardan ortiği bolalar, 67 nafari ayollar ekani aytilgan. Ular Nigeriya şimoli-şarqidagi Maydaguri şahri yaqinida nigeriyalik askarlar tomonidan ötkazilgan maxsus amaliyot orqali ozod qilinişgan.
"Bu amaliyot davomida "Boko Haram" jangarilari boşliqlaridan biri ham qölga olindi. Ayni vaqtda u söroq qilinmoqda", deb ma'lum qilgan Nigeriya armiyasi amaldorlaridan biri.






