“Özavtoyöl” DAK avtomobil yöllari ilmiy-tadqiqot institutida ekologik xavfsiz aksilmuzlama reagenti işlab çiqildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Maksam-Çirçiq” AJ bilan hamkorlikda işlab çiqilgan vosita 2014 yili institutda sinovdan ötkazildi. Reagentning yöl sinovlari 2015 yilning 21 fevral va 10 mart kunlari Toşkent-Öş yölining Qamçiq dovonidan ötgan A-373 uçastkasida ötkazildi.
Şuningdek, institut xodimlari vositani respublika yöllarida qöllaş böyiça metodik tavsiyalar işlab çiqişdi.
Modda karbamid hamda kalsiy va magniy nitratlaridan iborat. U yöl qoplamasiga zarar yetkazmaydi va qiş şaroitlarida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etişi mumkin.






