Rossiyalik boksçilar Aleksandr Povetkin va Denis Lebedev özlarining navbatdagi jangini joriy yilning 4 noyabr kuni ötkazişadi. Bu haqda TASS «Mir boksa» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Mazkur boks keçasi Qozon şahridagi «Basket-xoll» arenasida bölib ötadi.
Hozirça rossiyalik boksçilarning raqiblari kim bölişi noma'lum bölib qolmoqda.
Povetkin 90,89 kg.dan yuqori bölgan vazn toifasidagi Butunjahon boksçilar kengaşi (WBC) yönalişi böyiça çempionlik kamari uçun jang ötkaziş huquqiga ega bölib turibdi. Lebedev esa 90,71 kg.gaça vazn toifasining Butunjahon boksçilar assotsiatsiyasi (WBA) yönalişi böyiça çempionlik kamari sohibi hisoblanadi.






