Özbekistonda eng yirik metall quyiş korxonasi hisoblangan “Özmetkombinat” AJ 2016-2017 yilda işlab çiqariş vositalarini modernizatsiya qiladi. Bu haqda korxonaning investitsiyalar departamenti boşliği Narimon Umarov ma'lum qildi.

Korxonaning şaxsiy mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan 4 mln dollarlik investitsion loyiha 2015-2019 yillarga möljallangan strukturaviy özgarişlar, işlab çiqarişni modernizatsiyalaş va difersifikatsiyalaş çora-tadbirlari dasturiga kiritilgan.

Loyihaning amalga oşirilişi “Özmetkombinat” metall quyiş unumdorligini ikki barobarga, ya'ni hozirdagi 1500 tonnadan 3200 tonnagaça oşirişga imkon beradi, deb ta'kidlamoqda Umarov.