Madridning “Atletiko” klubi hujumçisi Fernando Torres Ispaniya çempionatida öz klubi bilan ğalabaga erişiş hayotidagi asosiy maqsadi ekanligini aytdi.

“Men uçun hali qölga kiritişni istaydigan unvonlarim bor. Misol uçun, men Ispaniya çempionati sohibi bölmaganman. Men heç qaçon Primeroda çempion bölmaganman va “Atletiko” bilan bunga erişiş ajoyib iş bölardi. Men Ispaniya çempionatida ğolib böliş uçun hayotimni bergan bölardim.
Men ğalabalar qozonişni istayman, özimni a'lo darajada his qilmoqdaman va yuqori darajada iştirok etiş uçun kuç-ğayratga tölaman. Menda hali ança yillar bor va men bu yillardan “Atletiko”da zavq olişni istayman. Odamlar bu zavq bilan men bilan bölişişlarini istayman. Unvonlar yutişni istayman va bu joriy mavsumdami, keyingi mavsumlardami amalga oşişi ahamiyatsiz”, deydi 31 yoşli iqtidorli futbolçi.