87 yoşli maşhur rossiyalik kinorejissyor Eldar Ryazanovning yuragida bir neça soat davom etgan şoşilinç operatsiya ötkazildi.
Ryazanovning yurak qon tomirlariga stent (qon tomirini kengaytirib turuvçi moslama) qöyildi. Ayni damla Ryazanov özini yaxşi his qilmoqda va tez orada jonlantiriş bölimidan oddiy palataga ötkazilişi aytilmoqda.
Ötgan dam oliş kunlari rejissyor Moskva viloyatidagi Vatutinki posyolkasidagi uyida özini yomon his qila boşlagan. Uning yaqinlari tez tibbiy yordam çaqirişgan.
Kardiologiya markazida rejissyor 2 avgustga ötar keçasi interaktiv patologiyani jarrohlik bilan davolaş bölimiga keltirilgani tasdiqlandi.






