Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Anvar Alimov Milliy matbuot markazida bölib ötgan matbuot anjumanida boğçaga, maktabga borişdan oldin bolani gepatit A ga qarşi majburiy emlaşga öz munosabatini bildirib ötdi.
“Avvalambor, heç qaysi bir davlatda gepatit A ga qarşi vaksina bepul qilinmaydi, – uning sözlarini keltiradi “Oila davrasida” naşri. – Uşbu kasallikka qarşi emlaş, bunday muassasalarda epidemiologik barqarorlikni ta'minlaşga xizmat
qiladi. Bola şunday biron kasal bilan töqnaş kelganda ham unga gepatit A yuqmaydi. Şu maqsadda biz buni, garçi emlaş kalendari yöq bölsa-da, ota-onalarga tavsiya etganmiz. Buni töğri tuşuniş kerak”.
Şuningdek, u Toşkent tuğruqxonalarida bölajak onalardan propiska talab qilinişi noqonuniy ekanligini ta'kidlab ötdi.






