Eron yadroviy dasturi borasida erişilgan kelişuv Tehronga atom bombasi yaratiş sari yöl oçib beradi. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Vaşingtonda Şimoliy Amerika yahudiy federatsiyalari bilan ötkazilgan videokonferensiya çoğida bayonot berdi.

“Eron bilan kelişuv Tehronning atom bombasi yaratişiga tösqinlik qilmaydi, – dedi boş vazir. – U faqat Eronning yölini oçib beradi”.

Netanyaxuning fikriça, kelişuv ayni paytda butun dunyoda teraktlar va qurbonlarning köpayişiga olib keladi.

Öz çiqişida boş vazir Amerika yahudiylarini bu “yomon kelişuv”ga qarşi kuraşişga çaqirdi.

“Yahudiy xalqi öz nomidan gapira olmaydigan kunlar tugadi”, – xulosa qildi u.