Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining hukumat bilan hamkorlikdagi, Taşqi işlar vazirligi va Adliya vazirligi, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturining “Qonun va norma ijodkorligi, qonunçilik hujjatlarining ta'sirini baholaş tizimini modernizatsiya qilişga kömaklaşiş” loyihasi kömagida milliy qonunçilikka xalqaro şartnomalarni implementatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş işlar boşlandi. Şu sabab, işçi guruh tuzilib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat böladi:

- Amaldagi taşkiliy-huquqiy tizimlar tayyorgarligini, ratifikatsiyalar, tasdiqlovlar, implementatsiyalar, xalqaro şartnomalarni töxtatib turiş va denonsatsiya (rad) qiliş böyiça tadqiqotlar ötkaziş;

- Xorijiy ilğor tajriba asosida xalqaro şartnomalarni inventerizatsiya qiliş böyiça qöllanma işlab çiqiş;

- Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi xalqaro şartnomalarni töliq inventarizatsiyasini ötkaziş;

- Xalqaro şartnomalarni sertifikatlaş, xalqaro şartnomalar qoidalarini amalga oşiriş böyiça protsessual mexanizmlarini işlab çiqiş;

- Xalqaro şartnomalar sohasida Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş zarurligi haqida taklif va tavsiyalar işlab çiqiş;

- Vazirliklar, davlat qömitalari va idoralari xodimlari uçun Xalqaro şartnomalarni inventarizatsiyadan ötkaziş va sertifikatlaş, şunigdek  ularni amalga oşirilişi ustidan nazoratni yölga qöyiş usullari böyiça qator öquv seminarlarini taşkil etiş.

Mazkur işçi guruh faoliyatining samaradorligini ta'minlaş maqsadida, Özbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi har tomonlama amaliy yordam körsatadi. Jumladan, xorijiy tajriba asosida tayyorlangan ilmiy tadqiqotlar va uslubiy materiallarni taqdim etiş bilan bir qatorda, işçi guruhga yetakçi xalqaro ekspertlarni jalb qiladi.  

Şu kunlarda, BMTTDning “Qonun va norma ijodkorligi, qonunçilik hujjatlarining ta'sirini baholaş tizimini modernizatsiya qilişga kömaklaşiş” loyihasi doirasida xalqaro huquq sohasi mutaxassisi, xalqaro şartnomalarni işlab çiqiş va implementatsiya qilişda amaliy tajribaga ega bölgan Avstraliyalik xalqaro ekspert Damiyen van der Turn Özbekistonga xizmat safari bilan taşrif buyurdi.

Damiyen van der Turn mehnat faoliyati davrida Avstraliyaning turli vazirlik va hukumat idoralarida, Boş prokuratura, iqlim özgarişi va energiya tejamkorligi vazirligi va boşqa taşkilotlarning xalqaro huquq bölimlarini boşqargan. Şuningdek, u Avstraliya hukumati delegatsiyasining BMTning “Iqlim özgarişi töğrisida”gi Hadli Konventsiyasiga qöşilişi jarayonida huquqiy konsultant vazifasini bajargan, Kioto Bayonnomasining ikkinçi bosqiçiga qöşiliş va mazkur bayonnomaga özgartirişlar kiritiş böyiça takliflar tayyorlagan.

Xalqaro ekspert sifatida Özbekistonga taşrifi çoğida, u Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Taşqi işlar vazirligi hamda Adliya vazirligi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazadi. Uçraşuvlardan közlangan maqsad xalqaro şartnomalar sohasida milliy qonunçilikni modernizatsiya qiliş, xalqaro şartnomalar normalarini implementatsiya qiliş va ularni amalda joriy qilinişini nazorat qiliş, istiqbolda milliy qonunçiligimizni xalqaro me'yor va standartlarga moslaştiriş masalalarini muhokama qiliş, şuningdek idoralararo hamkorlikni rivojlantiriş hamda Özbekistondagi xalqaro şartnomalarni muvofiqlaştiriş bilan boğliq masalarni muhokama qilişdan iboratdir.

Ekspertning safari davomida tayyorlagan tavsiyalari va uslubiy qöllanmalari xalqaro şartnomalarni implementatsiya qiliş böyiça işçi guruhga, xalqaro şartnomalar bilan işlaş jarayoniga jalb qilingan  vazirliklar va idoralarga taqdim etiladi.