Toşkent şahri Şifokorlar şaharçasida ommaviy töpolon uyuştirgan töpponçali ösmirlar qölga olindi.
«Huquq» naşri xabar berişiça, kelişmovçilik şu hududdagi «Ofarin» restoranida ötgan töy paytida yuz bergan. Dastlab ikki guruh yoşlar piçoq, dubinka va tayoq bilan kim kuçli ekanini aniqlaşga uringan. Keyingi töqnaşuvda esa ösmirlar pnevmatik töpponça, piçoq, benzin yordamida tayyorlangan tez yonuvçi aralaşma vositasida bir-biriga hamla qilgan.
Ur-töpolon payti ösmirlardan biri jiddiy jarohatlangan, şifokorlar oğir ahvoldagi yigitning hayotini saqlab qolişgan. Qayd etilişiça, jamiyatdagi tartibni mensimay, şafqatsizlik va odam öldirişga qasd qilgan ösmirlar tezkor tadbir davomida qölga olingan.
Toşkent şahar prokurori örinbosari Jasur Oxunovning aytişiça, mudhiş hodisada qatnaşganlar asosan 1994—1998 yillarda tuğilgan ösmirlar hisoblanadi.






