Turkiyaning Kilis viloyatida nikohdan ötgan juftlik 4 ming nafar suriyalik qoçqinga töy dasturxoni yozdi. Kuyov Fathulloh Uzumjuöğli va kelin Esra Pölat suriyalik qoçqinlarga yordam beriş hamda ularni qöllab-quvvatlaşini körsatiş uçun şunday qarorga kelişdi.

Odatda turk töyi seşanba kuni boşlanib, çorşanba kuniga qadar davom etadi, dasturxon qarindoşlar va qöni-qöşnilar, tanişlar uçun yoziladi. Ammo uşbu juftlik bu odatdan voz keçdi. Tantanalarda, qarindoşlar va yaqinlardan taşqari, 4 ming qoçqin ham iştirok etdi. Ğoya kuyovning otasi Ali Uzumjuöğliga tegişli. Töy tantanalarining suratlari Turkiyaning Kimse Yok Mu (KYM) nodavlat gumanitar taşkilotining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylaştirildi.

Kilisda 4 ming nafar suriyalik qoçqin turibdi. Turkiya böyiça qoçqinlar miqdori 1 mln kişini taşkil qiladi.