Özbekistonlik xonandalar Lola va Tamila Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Jamoat nazorati” (“Obşçestvennyy kontrol”) guruhidagi muhokamalardan birida iştirok etişdi. Uşbu mavzu “Özbeknavo” estrada birlaşmasining xonandalarga litsenziyalarni qaytarib beriş niyati yöqligiga bağişlangan edi.

Tamila muhokama çoğida uning litsenziyasi Zolim qöşiğiga işlangan videoklip tufayli tugatilganligidan nolidi. Şuningdek, u muhokamada iştirok etganlarga uni qöllab-quvvatlaganlari uçun minnatdorçilik bildirdi.
“Özbeknavo” iyul oyining örtalarida Lolaning, avgustning boşida esa Tamilaning litsenziyalarini töxtatib qöydi. Birlaşma vakili Odiljon Abduqahhorov Tamilaning “bölmağur” kliplar işlayotgani, Lola esa “oçiq-soçiq” kiyinayotganini bunga sabab qilib körsatdi.

Bundan taşqari, Abduqahhorov “Özbeknavo” qizlarning xatti-harakatlarini kuzatişda davom etayotganini hamda ular yaxşi tomonga özgarmagan taqdirda litsenziyalar qaytarilmasligini bayon qildi.