Londonning “Arsenal” klubi aksioneri hisoblanadigan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov “Arsenal” yangi mavsumda Angliya çempionatining oliy mukofotiga sazovor böliş uçun munosib iştirok etişi mumkinligini aytmoqda.
“Agar “Arsenal” oğir jarohatlarga yöliqmasa, Vengerda “Çelsi”, “Mançester Yunayted” va “Mançester Siti” bilan raqobatlaşişga ajoyib imkoniyat böladi. Çempionlik taqdiri şu tört jamoa örtasida hal böladi.
Venger yiqqan jamoa, bitta pozitsiyadan taşqari, Yevropa kuboklari uçun ham muvaffaqiyatli kuraşişga tayyor”, deb aytmoqda Usmonov.






