5 avgust oqşomida "Çelsi" öz uyida "Fiorentina" jamoasiga qarşi Xalqaro çempionlar kubogi doirasidagi navbatdagi öyinini ötkazdi. Bu öyin maydon egalarining 0:1 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol mehmonlar himoyaçisi Gonsalo rodriges hisobiga yozildi.
Çelsi (London, Angliya) – Fiorentina (Florentsiya, Italiya) – 0:1
Gol: Gonsalo Rodriges, 34 (0:1).
Ogohlantirişlar: Zuma, 90+2; Matiç, 90+3 – Ronkalya, 52; Xegazi, 83; Xoakin Sançes, 90+3.
Qayd etiş joizki, «Çelsi» uşbu turnir doirasida şu vaqtgaça 3ta öyin ötkazgandi va heç birida asosiy vaqtda ğalaba qozona olmagandi. Dastlab «Nyu-York Red Bullz» «Çelsi»ni — 4:2 hisobida mağlub etgan bölsa, «PSJ» va «Barselona» ga qarşi öyinlarning asosiy vaqtida durang natija qayd etilgandi. Şuningdek, londonliklar 2 avgust kuni Angliya Superkubogi uçun öyinda "Arsenal"ga mağlub bölişgan (0:1).
«Fiorentina»ning Xalqaro çempionlar kubogi doirasidagi öyinlari: «PSJ» – «Fiorentina» — 4:2; «Benfika» – «Fiorentina» — 0:0 (4:5); «Fiorentina» – «Barselona» — 2:1.






