Facebook kompaniyasi yangi tizim uçun patent oldi. U kompaniyaga banklarga avtomatik tarzda foydalanuvçining döstlari qanday tölov qobiliyatiga ega ekanligi haqida axborot uzatiş imkonini beradi. Şu axborot asosida banklar mijozga kredit taqdim etiş yoki etmaslik haqida qaror qabul qilişi mumkin böladi. Bu haqdagi xabar 4 avgust kuni AQŞ patent va tovar belgilari böyiça byurosining rasmiy saytida paydo böldi.
Ijtimoiy tarmoqqa kiritilajak mexanizm foydalanuvçilarning moliyaviy körsatkiçlariga asoslanadi. Banklar esa, öz navbatida, u yoki bu mijozning kredit murojaatnomasini olib, ijtimoiy tarmoqdagi ma'lumotlarga murojaat etadi hamda murojaatçining döstlari qanday moliyaviy ahvolda ekanligini örganib çiqadi.
Agar umumiy kredit reytingi kerakli miqdorga yetsa yoki undan oşsa, ijtimoiy tarmoq bankka hujjatlar paketini körib çiqiş mumkinligini ma'lum qiladi. Agar döstlar reytingi pastroq bölib çiqsa, kredit murojaatnomasi avtomatik tarzda rad qilinadi.
Patent matnida aytilişiça, kredit tarixida barça döstlarning körsatkiçlari hisobga olinmaydi. Asosan eng yaqin döstlarga e'tibor qaratiladi. Murojaatçi va uning örganilayotgan dösti örtasida işonçli aloqalar qançalar kam bölsa, öşa döstning kredit tarixidagi ahamiyati ham şunçalik kam böladi.
Ammo kredit tarixini tekşiriş yangi patentda közda tutilgan holatlardan bittasidir. Texnologiyadan foydalanişning boşqa variantlari içida foydalanuvçini spamdan va reklamadan himoya qiliş ham bor. Bu işlar işonçli aloqalarni va foydalanuvçining qiziqişlarini örganiş asosida amalga oşiriladi.
Ayni paytda Facebook öz foydalanuvçilarining moliyaviy ma'lumotlarini banklarga uzatiş imkoniyatiga ega emas. Köplab kredit taşkilotlari qarz sörovçilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini örganib, şu asosda uning işonçligigi haqida xulosa qilişga intiladi.






