Fransiyaning Rossiya bilan tuzilgan “Mistral” toifali vertolyot taşuvçi kemalarini yetkazib beriş böyiça şartnomaning bekor qilinişidan körgan zarari 1.5-1.6 mlrd yevroni taşkil qilişi mumkin. Bu haqda Fransiya Milliy majlisi deputati Terri Mariani France Inter radiosi efirida ma'lum qildi.
“Mening fikrimça, va bu fikrim yangliş bölmasa kerak, Fransiya uçun moliyaviy yöqotişlari 1.5-1.6 mlrd yevroni taşkil qiladi. Bu pullar Fransiya soliq tölovçilari zimmasiga tuşadi”, – dedi u.
Eslatib ötamiz, “Mistral” toifasidagi ikkita vertolyot taşuvçi kemalarni quriş va yetkaziş borasidagi 1.12 mlrd yevrolik şartnoma 2011 yil iyunida imzolangan edi. Ammo Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilinişi munosabati bilan Fransiya uşbu şartnomani bir tomonlama töxtatişga qaror qildi.
Bugun Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Fransua Olland “Mistral”lar qurilişi va yetkazilişi böyiça şartnomani töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani xabat qilindi. Ekspertlar örtasidagi bahs-munozaralardan söng Fransiya avansni, şuningdek, Rossiyaga tegişli asbob-uskuna va jihozlarni qaytarişi haqida kelişuvga erişilgani Kreml tomonidan tasdiqlandi. Ta'kidlanişiça, Fransiya kerakli mablağni Rossiyaning tegişli hisoblariga ötkazib böldi va jihozlar qaytarilganidan söng kemalarga töla egalik qiliş huquqini qölga kiritadi. Uşbu ma'lumotlar Yelisey saroyi tomonidan ham tasdiqlandi.






