Yaqin kunlargaça öyinlarning matnli çatlarida muloqot qiliş va internetda qidiruv sörovini teriş uçun Xbox One foydalanuvçilari virtual klaviaturadan foydalanişga majbur edilar, biroq joriy yilning boşida Microsoft qurilmaga USB-klaviatura ulaş imkonini beradigan yangi özgartirişni çiqardi.

Endi kompaniya undan ham uzoqroqqa borişga qaror qildi va Gamescom 2015 körgazmasi doirasida tugmalarning QWERTY tartibida joylaşuviga ega ixçam klaviatura Xbox One Chatpad’ni namoyiş qildi. Klaviatura bevosita geympadning kontrollyoriga örnatiladi.

Şunga öxşaş aksessuar avvalroq Xbox 360 uçun taklif qilingan edi va Microsoft kompaniyasi bu aksessuarni Xbox One sotuvga çiqarilganiga ikki yil ötganidan keyin çiqarişga qaror qilgani ğalatiroq körinadi.

Xbox One Chatpad’ning tugmalari tagi yoruğlanib turadi, ulardan ba'zilarini esa dasturlaş mumkin, ya'ni ular özlaridan öyinlarda ma'lum ketma-ketlikda bosiladigan tugmalarni namoyon qilişlari mumkin. Qurilma dinamiklar ovozini boşqariş uçun alohida tugmalarga va 3,5 mm li audiorazyomga ega.

Xbox One Chatpad klaviaturalari joriy yilning 3 noyabrida sotuvga çiqariladi, biroq unga Xbox’ning rasmiy saytida hozirdanoq 35 dollardan buyurtma beriş mumkin.