Belarus prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukaşenkoni körsatiş böyiça taşabbuskor guruh allaqaçon 500 mingdan ortiq imzo töplaşga erişdi, deb xabar beradi MSQ raisi Lidiya Yermoşina.
“Bugungi kunga kelib hududiy komissiyalarga Aleksandr Grigoreviç Lukaşenko nomzodini qöllab-quvvatlovçi 538 ming imzo kelib tuşdi”, – dedi u jurnalistlar bilan muloqot çoğida.
Şuningdek, komissiyalarga Belarus liberal-demokratik partiyasi rahbari Sergey Gaydukeviç nomzodini qöllovçi 1 907 imzo kelib tuşgan.
Bu ikki nomzoddan taşqari, taşabbuskor guruhlar Birlaşgan fuqarolik partiyasi yetakçisi Anatoliy Lebedko, “Haqiqatni gapir” kampaniyasi faoli Tatyana Romanovskaya, Belarus vataparvarlik partiyasi yetakçisi Nikolay Ulaxoviç, Belarus söl “Adolatli dunyo” partiyasi raisi Sergey Kalyakin nomzodlari uçun imzo töplamoqda.
Prezidentlikka öz nomzodini körsata oliş uçun siyosatçilar kamida 100 ming saylovçining imzosini töplaşi talab qilinadi.
Imzo töplaş 21 avgust kuni yakunlanadi. Prezidentlik saylovlari 11 oktabr kuni bölib ötadi.






