Malayziya boş vaziri Najab Tun Razzoq ötkazilgan ekspertiza Reyunon orolida topilgan samolyot qanoti bölagi ötgan yili yöqolib qolgan Boeing samolyotiga tegişli ekanini körsatganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq bir yil avval yöqolib qolgan Malayziyaga tegişli Boeing samolyotida xizmat muddati bir yildan avvalroq tugagan suvosti lokatsion buyi örnatilgani ma'lum bölgandi. Samolyot yöqolgandan keyin bir yildan keyin çiqarilgan hisobotda lokatsion buyning eski holati hisobga olinmasa, parvoz normal rejimda ötgani aytilgan.
Bortida 227 nafar yölovçi va 12 nafar ekipaj a'zosi bölgan Boeing 777-200 samolyoti 2014 yil 8 martga ötar keçasi radarlar ekranidan yöqolib qolgan. Samolyot MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga uçib ketayotgan bölgan. Layner bilan aloqa uzilgan, uning kelgusi taqdiri hanuzgaça noma'lumligiça qolmoqda.






