Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida avtomobillar olib qoçiş bilan şuğullangan jinoiy guruh qölga olindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, guruh 15 yoşli qiz, ikki kollej öquvçisi va 20 yoşli işsiz yigitdan iborat bölgan. Ular iyun oyida “UAZ” avtomaşinasini öğirlab ketişgan. Şu işni suriştiriş natijasida guruh foş etilgan.
Tergov davomida gumondorlar yana beşta avtomobil öğirlagani aniqlandi.
Ayni paytda maşinalar egalariga qaytarildi. Jinoiy guruh a'zolarining şahardan çiqib ketişiga taqiq qöyildi, endilikda ularga nisbatan jinoiy iş qözğatiş masalasi körib çiqilmoqda.






