Aka-uka Strugatskiylarning ilgari çop etilmagan fantastik hikoya va qissalari şu yil oxiriga qadar çop etiladi. Ular adiblarning töla asarlar töplamiga kiritiladi. TASS muxbiriga bergan intervyusida Strugatskiylar jamğarmasi rahbari Sergey Arno uşbu asarlar nomini tilga olişni xohlamadi, ammo töplamning birinçi kitobi şu yili çop etilişiga işontirib ötdi.
“Hozirça biz 33 jildni rejalaştirmoqdamiz. Unga adiblarning maktublari, kundaliklari, rasmlari va şarhlari kiritiladi. Asarlar jildlar böyiça yozilgan sanasiga köra taqsimlab çiqiladi: birinçi jildga erta yozilgan, şu paytgaça çop etilmagan hikoyalar va qissalar kiradi. Dastlabki jildlar şu yilning oxiriga qadar çop etiladi. Ayni paytda önta jild naşrga tayyor”, – dedi Arno öz intervyusida.
Tadqiqotçilar guruhi rahbari Svetlana Bondarenkoning ma'lum qilişiça, mualliflarning asarlarini töplaş işlari Rossiya, Ukraina va AQŞda olib borilgan.
Arkadiy va Boris Strugatskiylar rus fantastikasining eng yirik vakillari bölib, ularning asarlari jahonning köplab tillarida çop etilgan.






