Germaniyada yaşovçi Sven Xagemayyer eng uzoq davom etgan tuğilgan kun böyiça rekord örnatdi, deb yozmoqda The Telegraph naşri. U özining 26 yoşini turli vaqt mintaqalari böylab harakatlanib, kutib oldi. Tuğilgan kunni nişonlaş 46 soat davom etdi va bu yutuq Ginness rekordlar kitobidan joy oldi.
Dastlab Xagemayyer Yangi Zelandiyaning Oklend şahridan Avstraliyaning Brisben şahriga parvoz qildi. Brisben vaqt böyiça Oklenddan 2 soat orqada qoladi. Keyin Gavayi orollariga yöl oldi, çunki Gonolulu Brisbendan 20 soat orqada qoladi.
Rekordni qayd qiliş davomida turli vaqt mintaqalaridagi vaqt hisobga olingan, çunki vaqt orasidagi farq Xagemayyer tuğilgan kunini uzaytirgan. Şu tariqa nemis “osmonda” 13 soat 10 daqiqa ötkazgan.
Avvalgi eng uzoq tuğilgan kun 35 soat 25 daqiqa davom etgan edi.
Qayd etilişiça, Xagemayyer özining bu rekord sayohatini 2014 yildayoq amalga oşirgan, biroq uning bu natijasi Ginneslar rekord kitobida endi qayd qilindi. 2015 yilda nemis öz tuğilganini an'anaviy tarzda, ya'ni oila davrasida ötkazmoqçi.






