Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri buyruği bilan mazkur vazirlik huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining “Pensiya, nafaqa va boşqa tölovlarni tölaşni taşkil etiş tartibi töğrisida”gi yöriqnomasiga özgartirişlar kiritildi.

Unga köra, işlamaydigan şaxslarga pensiya va nafaqalar ularning doimiy röyxatdan ötgan joyi böyiça tölanadi. Agarda şaxs faqat vaqtinça röyxatdan ötgan bölsa, pensiya va nafaqa vaqtinçalik röyxatdan ötişning amal qiladigan muddati mobaynida tölanadi. Özbekistonda doimiy yaşaydigan çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga pensiya yaşaş guvohnomasi amal qiladigan muddat davomida tölanadi.

Vaqtinça röyxatdan ötişning yoki yaşaş uçun ruxsatnomaning amal qiliş muddati tugaşi bilan uning keyingi sanasi örtasida uziliş mavjud bölgan taqdirda Pensiya jamğarmasi bölimi tomonidan pensiyani tölaş vaqtinçalik röyxatdan ötişning yoki yaşaş uçun ruxsatnomaning yangi sanasidan boşlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani tölaş pensiya tölaş töxtatilgan, biroq ön ikki oydan ortiq bölmagan muddattdan boşlab davom ettiriladi.

Yöriqnomada belgilangan tölovni «eng kam iş haqining 18foizi miqdorida oluvçilar «eng kam iş haqining 25foizi miqdorida oluvçilar» bilan almaştirildi.