Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10 dekabrdagi №PQ-2082 sonli qaroriga muvofiq EDCF zayomi hisobidan “Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi taşkil etiş” loyihasini amalga oşiriş böyiça Özbekiston Respublikasi hukumati va Koreyaning Eksport-import banki tomonidan Koreya Respublikasida mutaxassislarni öqitiş közda tutilgan.
Şu munosabat bilan mutaxassislarni Koreya Respublikasi Pusan Milliy Universitetining Yangsan şifoxonasida quyidagi mutaxassisliklar doirasida bir yillik öquv kurslari uçun qabul tanlovi e'lon qilindi:
1. Bolalar kardiologiyasi
2. Bolalar yurak-qon tomir jarrohligi
3. Bolalar nevrologiyasi
4. Bolalar neyrojarrohligi
5. Bolalar jarrohligi (kam invazivli jarrohlik bilan)
6. Bolalar urologiyasi
7. Bolalar ortopediyasi
8. Bolalar oftalmologiyasi
9. Bolalar endokrinologiyasi
10. Bolalar nefrologiyasi
11. Bolalar allergiyasi, nafas oliş tizimi va kritik holatda yordam
12. Bolalar infeksiyasi va klinik immunologiya
13. Bolalar gastroenterologiyasi va nutritsiologiyasi
14. Bolalar plastik jarrohligi
15. Bolalar radiologiyasi
16. Bolalar anesteziologiyasi
17. Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi
18. Neonatologiya va kritik vaziyatlarda yordam.
19. Bolalar reabilitatsiyasi
20. Laboratoriya tibbiyoti.
Tanlovda iştirok etiş istagida bölganlar rezyume (ingliz va rus tillarida rezyume), mutaxassisligi böyiça ixtisosligi va ingliz tili böyiça mutaxassislik bilimini körsatuvçi hujjatlar (diplom, sertifikat)larni [email protected] manziliga yöllaşlari lozim.
Ingliz tilini biliş talab etiladi.
Qabul böyiça tanlov Koreya Respublikasining Pusan Milliy Universiteti Yangsan şifoxonasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
Rezyume (CV) 2015 yil 10 avgustgaça qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot oliş uçun loyihani amalga oşiriş bölimiga murojaat qiling.
Telefon: +998712603659, +998909764115.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi
“Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi taşkil etiş”
loyihasini amalga oşiriş bölimi






