2015 yilning birinçi yarmida Qönğirot tuman prokuraturasi tomonidan 113 murojaat körib çiqilib, ulardan 57tasi qanoatlantirildi. Bu bilan 80 fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tuman prokurori Yangaboy Bobojonovning bergan ma'lumotlariga qaraganda, fuqarolar murojaatlari asosan ötkazilgan tekşiruvlar jarayonida noqonuniy qarorlarga nisbatan 2ta protest keltirilib, 3 şaxs intizomiy, 5 şaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi. Ig haqlarini undiriş böyiça sudlarga 40ta ariza kiritildi.
Jumladan, fuqaro Temur Saparovning Samsung Engineering CO LTD korxonasidan noqonuniy böşatilganligi sababli qayta işga tiklaşni sörab yozgan arizasi körib çiqilib, uning iltimosi qanoatlantirildi va fuqaro iş joyiga qayta tiklandi.
Fuqaro Ş. Serjanovaning “Urgançtransgaz” şö'ba korxonasi aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpoq gaz quvurlari boşqarmasidga qaraşli turar joylardan yaşaş uçun joy berilmaganligidan norozi bölib yozgan murojaati prokuratura aralaşuvi bilan hal qilinib, unga turar joy ajratib berildi.
Boşqa turdagi murojaatlar içida aliment undiriş masalasi muhim örin tutdi. Jumladan, fuqaro N. Utegenova 2 nafar farzandining ta'minoti uçun ajratilgan aliment tölovini S. Allambergenovdan undirib berişni sörab murojaat qildi. Bu ariza ham prokuratura aralaşuvi bilan hal etilib, 1.775 mln sömlik aliment undirib berildi.