UYeFA Çempionlar Ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqiçlari uçun qur'a taşlaş paytida Rossiya va Ukraina klublarini bitta guruhga tuşib qolmasliklari uçun ularni ajratişni davom ettiradi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya va Ukraina örtasidagi munosabatlar 2014 yilning fevralida Kiyevda hukumat almaşgandan keyin keskinlaşib ketdi. Ğarb bu almaşuvni qöllab-quvvatlagan, Moskva esa buni töntariş deb atagan. Qrimning Rossiyaga qöşib olinişi va Ukraina şarqida Ukraina qurolli kuçlarining maxsus operatsiyalarni boşlaşi vaziyatni yanada çuqurlaştirib yubordi. Şu tufayli UYeFA Rossiya va Ukraina klublariga xavfsizlik nuqtai nazaridan yevrokubok öyinlarida töqnaşişga yöl qöymaslik böyiça qaror qabul qildi.
“Hozirça hammasi avvalgidek qoladi: ukrain va rus klublari bitta guruhga tuşmaydilar va bir-birlari bilan Yevropa Ligasida ham, Çempionlar Ligasida ham öynamaydilar. Agar nimadir özgarsa biz bu haqda xabar beramiz”, deb aytmoqda UYeFA matbuot xizmati.
Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga qur'a taşlaş taşlaş paytida Moskvaning TsSKA klubi saralanmagan jamoalar qatoriga kiritildi va nazariy jihatdan Donetskning “Şaxtyor” klubiga qarşi öynaşi mumkin edi. Yevropa Ligasining final saralaş bosqiçining töliq tarkibi uçinçi kvalifikatsion bosqiçning javob uçraşuvlari bölib ötgandan keyin aniq böladi.






