Yaponiya özbekistonlik mutaxassislar stajirovkasiga 1.69 mln dollar ajratdi. Bu boradagi almaşuv notalarini Toşkentda Yaponiya elçisi Fumixiko Kato va Özbekiston boş vazirining örinbosari Adham Ikromov imzoladilar. Bu haqda Yaponiya elçixonasining matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiya hukumati tomonidan “Kadrlar tayyorlaşga stipendiyalar taqdim etiş” loyihasi böyiça ajratilayotgan grantlar böyiça almaşuv grantlarini imzolaş marosimi 7 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida bölib ötdi.
Loyiha Yaponiya tomonidan 1999 yildan buyon kelajakda iqtisodiyot, moliya va qonunçilik sohalarida davlat strategiyasiga jalb qilinadigan istiqbolli kadrlarni yetiştiriş maqsadida amalga oşirib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar uşbu loyiha böyiça Yaponiya oliygohlarida magistraturalarida 265 nafar özbekistonlik ta'lim oldi.
Bu safar loyiha ijrosi uçun ajratilayotgan mablağ 211 mln iyenani yoki 1.69 mln dollarni taşkil qildi. 16-stajirovka avgustda boşlanadi, unda Özbekistonning 15 vakili iştirok etadi.
1999 yildan Yaponiya hukumati uşbu loyihaga 4.382 mlrd iyena ajratgan.






