2015 yilning birinçi yarmida Rossiyaga uzoq xorijiy davlatlardan mahsulotlar importi 39,6 foizga, ya'ni 90,42 mlrd dollargaça kamayib ketdi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmatining xabarida ma'lum qilindi. 

2015 yilning iyulida uzoq xorijiy davlatlardan mahsulotlar importi umumiy qiymati 13,782 mlrd dollarni taşkil qildi va iyun oyiga nisbatan 3,9 foizga köpaydi, biroq 2014 yilning iyul oyidagi körsatkiçga nisbatan 1,8 marta kamaydi.

2015 yilning iyunida uzoq xorijiy davlatlardan import qilinadigan mahsulotlar tarkibida maşinalar va uskunalar uluşi 47,7 foizni taşkil qildi (2014 yilning yanvar-iyunida 51,1 foizni taşkil qilgan).

Bu mahsulotlarning umumiy import qiymati 2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 42,9 foizga, jumladan: mexanik uskunalar – 35,1 foiz, elektr uskunalar – 38,8 foiz, yerusti transport vositalari (temir yöldan taşqari) – 56,5 foiz, optik uskunalar va qurilmalar – 32,5 foizga kamayib ketdi.

Yengil avtomobillar importi 51,9 foizga, yuk avtomobillar importi esa 76,0 foizga kamayib ketdi.