Nyu-York markazida “örgimçak odam” kiyimini kiyib olgan odam yölovçi bilan muştlaşib ketdi, deb xabar bermoqda New York Daily News naşri. 6 avgustda Tayms-skver maydonida yuz bergan uşbu muştlaşuv videosini voqea guvohi Jyeff Goldberg özining tvitterdagi mikroblogida joylaştirdi.

Videoning boşida “superqahramon” birinçi bölib muşt tuşirganini köriş mumkin. Bir neça soniyadan keyin “örgimçak-odam” ning raqibi uni yerga yiqitgan va ular jangni yerda yotgança davom ettirganlar. Rolikda uşbu muştlaşuvni bir neça önlab odamlar kuzatganlari va ularning birortasi ham muştlaşayotganlarni ajratişga harakat qilmaganining guvohi böliş mumkin.

Bu holat “örgimçak-odam” kiyimida bölgan odamlar Tayms-skverda muştlaşuv keltirib çiqargan birinçi holat emas. Ötgan yil iyulida “örgimçak-odam” kiyimidagi 25 yoşli Junior Bişop u bilan bir sayyoh ayol örtasida çiqqan nizoni hal qilişga uringan politsiyaçilar bilan muştlaşib ketgan. Yigit u bilan fotosuratga tuşgan ayol unga 1 dollar taklif qilgani uçun janjalaşa boşlangan, çunki bu pul unga kamlik qilgan. U ayoldan kamida 5 dollar berişini talab qilgan.