Ikki nafar şaxs Sankt-Peterburgdagi bankka töpponça bilan qurollangan holda bostirib kirişga uringan va qölga tuşgan. Bu haqda Interfaks naşri xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, bu voqea 7 avgust kuni Sankt-Peterburgning Primorsk tumanidagi banklardan birida röy bergan. Bu vaziyatda qurollangan şaxslar bank boşqaruvçisiga tahdid qilib, pullar saqlanadigan bölimni oçişni va pullarni berişni buyurişgan.

Lekin, bank boşqaruvçisi ularga rad javobini bergan. Şundan söng bosqinçilar bank hududini tark etişga urinişgan, lekin 23 yoşli rossiyalik yigit va uning 34 yoşli özbekistonlik şerigi politsiya qöliga tuşgan.

Ayni vaqtda ularga nisbatan "talonçilik" uçun moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan.