Ötgan asrning 90-yillarida maşhur bölgan Spice Girls britan guruhi 2016 yilning boşida özining birinçi Wannabe qöşiği çiqqaning 20 yilligini nişonlaydi. Guruh şu munosabat bilan dunyo böylab jahon turnesi ötkazmoqçi.
Hozirda guruhning sobiq a'zolari Jyerri Xolliuel, Emma Banton, Mel Si va Mel Bi uşbu turnega tayyorgarlik körişni boşlab yuborişdi, biroq guruhning yana bir a'zosi – futbolçi Devid Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem uşbu loyihada iştirok etişdan qat'iyan boş tortmoqda.
Şu bilan birga Viktoriya Bekxem guruhdagi barça qizlar bilan munosabatlari yaxşiligini va ularga omad tilab qolişini aytdi.
Yaqinda turmuş qurganining 16 yilligini nişonlagan Viktoriya hozirda özini töliqligiça turmuş örtoği va oilasiga bağişlagan. Şu munosabat bilan u turneda iştirok etiş uçun oilasini tark etişni istamayapti va boz ustiga qöşiq kuylaşga allaqaçon iştiyoqi sönib bölgan.
Ma'lumot uçun, guruhning rasmiy tuğilgan kuni 1996 yil hisoblanadi. 1998 yilda guruhdan Jyerri Xolliuel ketgandan keyin guruh yana bir neça yil kvartet körinişida iştirok etib yurgandan keyin, 2001 yilda batamom tarqab ketgan. 2012 yilda guruh Londondagi Olimpiya öyinlarida iştirok etiş uçun oz fursatga yana birlaşgandi.