Hindiston mamlakatga olib kirilayotgan buğdoyga 10 foizlik boj tölovi örnatdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu çoralar hind kişloq xöjaligi korxonalari manfaatlarini himoya qiliş maqsadida qabul qilindi. Bir neçta hind xususiy kompaniyalari bahor oyidagi yoğingarçilikdan keyin buğdoy yetişmasligidan xavfsirab, Avstraliya bilan buğdoyning qattiq turlaridan 0,5 mln tonna sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan edilar.
Hindistonlik buğdoy yetiştiruvçilar hukumatning bunday qarorini ijobiy qarşiladilar, biroq bu xorijdan yana 500 ming tonna buğdoy sotib olişga xalaqit qilmadi.
Uşbu çora 2016 yilning 31 martigaça amal qiladi.






