AQŞning Forbes naşriyot uyi “Forbes” jurnalini Ukrainada çop etiş huquqini beruvçi litsenziyani Sergey Kurçenko ismli şaxsga tegişli “UMH Group” xoldingidan olib qöyiş böyiça çoralar körmoqda, deb xabar bermoqda “Ukrainskaya pravda” naşri.
Kuni-keça Ukrainadagi Forbes öz domenini forbes.ua’dan forbes.net.ua’ga özgartirdi. Naşrning ta'kidlaşiça, Ukrainada .UA zonasida yuqori bosqiçdagi domenini agar sayt egasida savdo belgisini röyxatdan ötkazgani haqidagi guvohnoma bölsa oliş va undan foydalaniş mumkin.
“UMH Group” domenning özgartirilişiga heç qanday izoh bermagan. Forbes tahririyati bu holat yuzasidan rasmiy izoh berilişini kutmoqda. Biroq ukrain Forbes’ining boş muharriri Mixail Kotov bunga izoh berişdan boş tortdi.
Forbes Media esa öz navbatida bu holat yuzasidan hakamlik sudiga da'vo arizasi topşirmoqçi va naşrning yangi egasi jurnalda senzura kiritgani haqidagi ma'lumotlarga asoslanib, undan litsenziyani olib qöymoqçi.






