Ötgan hafta mobaynida internet tarmoqlarida xonanda Asilbekning ijodni tark etişi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Asilbekning özi ijtimoiy tarmoqlarda va intervyularda “Endi boşqaça hayot quraman, san'atni umuman tark qilib, boşqa işning boşini tutaman” tarzida fikr bildirib keldi. Ammo bu haftaga kelib xonanda fikridan qaytganligini bildirdi.
“Töğrisi öşa paytda oğir depressiya holatida edim, şu sababli san'atni tark etaman degan xulosaga keldim, – dedi u “Darakçi” muxbiri bilan suhbat çoğida. – Ammo yaqinlarim, aşaddiy muxlislarim fikrimga qarşi çiqişdi. Bu fikrimning notöğri ekanligini anglab yetgan holda bunaqa niyatdan voz keçdim. Aşaddiy muxlislarim uçun kuylaşda davom etaman”.






