Musson yomğirlari keltirib çiqargan keng kölamli suv toşqinlari oqibatida qurbon bölganlar soni 100 nafardan oşdi. “Global new light of Myanmar” hukumat naşrining xabar berişiça, tabiiy ofat tufayli 1 milliondan ziyod kişi aziyat çekmoqda.
Ijtimoiy ta'minot va yordam vazirligi ma'lumotlariga köra, tabiiy ofatdan mamlakatning qariyb barça hududlari ziyon körgan. Biroq ğarbiy Rakxayn ştati hududida qurbonlar soni eng köp qayd etilgan.
Qariyb bir oydan buyon tinimsiz yoğayotgan yomğir tufayli Myanmadagi ön minglab uylar suv ostida qolgan. Daryo suvlari yoki sel oqimlari şu vaqtga qadar 3 mingga yaqin maktablarni butkul vayron qilgan yoki vaqtinçalik işdan çiqargan.
Ayni paytda Janubi Şarqiy Osiyo mamlakatlari Myanmaga dori vositalari, oziq ovqat va zarur buyumlardan iborat insonparvar yuklarni jönatmoqda. Şuningdek, mamlakatda suv toşqinlaridan aziyat çekkanlar uçun moddiy yordam töplaş işlari ham taşkil etilgan.






