Qibray tumanida faoliyat yurituvçi tadbirkordan noqonuniy ravişda undirilgan 777 million söm jarima puli öz egasiga qaytarildi. Bu haqda Davlat raqobat qömitasi axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozişiça, 2011 yildan buyon faoliyati yuritib kelayotgan tadbirkor 2014 yilning dekabr oyiga qadar bir neça marotaba «Toşkent viloyat ETK» AJga elektr energiyasini yetkazib beriş yuzasidan şartnoma tuziş böyiça murojaat qilgan. Biroq, «Toşkent viloyat ETK» AJning mansabdor şaxslari tomonidan uşbu murojaatlar e'tiborsiz qoldirilgan.

Tadbirkor tomonidan elektr energiyasini yetkazib beriş böyiça şartnoma tuziş töğrisidagi 2014 yilda bergan murojaatiga esa «Toşkent viloyat ETK» AJning mansabdor şaxslari tomonidan tadbirkor elektr energiyasidan foydalaniş böyiça tegişli şartnoma tuzmasdan faoliyat yuritib kelgan deb, unga noqonuniy ravişda 777 mln. söm jarima qöllangan va uşbu jarimani undiriş yuzasidan sudga murojaat qilgan. Biroq, Qömita tomonidan olib borilgan örganişlarga köra, tadbirkor elektr energiyasi ta'minoti tarmoğiga «Toşkent viloyat ETK» AJning ruxsati bilan ulanib, tegişli rusumdagi elektr hisoblagiçini örnatgan, hisoblagiç esa «Toşkent viloyat ETK» AJning mas'ul şaxslari tomonidan muhrlanib, söngra rasmiylaştirilgani ma'lum böldi.

«Toşkent viloyat ETK» AJ murojaat yuzasidan sudga töliq ma'lumotlar taqdim etilmagan bölsada, sudning birinçi instansiyasiga köra tadbirkordan 777 mln. söm jarima «Toşkent viloyat ETK» AJning foydasiga undiriş böyiça qaror qabul qilingan. Qömita örganiş natijalari va tadbirkor tomonidan taqdim etilgan qöşimça xujjatlar asosida sudga uçinçi şaxs sifatida appelyatsiya şikoyati kiritildi.

Natijada, sudning 777 mln. söm jarimani undiriş töğrisidagi birinçi instansiyasida qabul qilingan qarori bekor qilindi va tadbirkorning poymol etilgan huquqi tiklandi.